BBT Trucks — O‘zbekistonda yuk texnikasi bozoridagi ishonchli hamkor
BBT Trucks kompaniyasi 2022-yil 1-avgustda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ilk kunlardan boshlab bozorda mustahkam o‘rin egalladi va O‘zbekistonda FAW yuk avtomobillarining yagona ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan VUM kompaniyasining birinchi rasmiy dileriga aylandi.
15 000 m² maydonda joylashgan VUM avtomobil zavodi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga 3 000 ta yuk avtomobilini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Zaruratga ko‘ra ishlab chiqarish hajmini 10 000 donagacha oshirish imkoniyati ham mavjud. Ishlab chiqarish jarayoni xalqaro sifat va ishonchlilik standartlariga to‘liq mos keladi.
FAW (First Automobile Works) brendi — Xitoyning 1953-yilda tashkil etilgan eng qadimgi avtomobil ishlab chiqaruvchisidir. Bugungi kunda FAW Fortune Global 500 (2024) reytingiga ko‘ra dunyodagi eng yirik 15 ta avtokompaniya qatoriga kiradi. Kompaniya hisobida 57 milliondan ortiq sotilgan avtomobillar, 88,2 mlrd AQSh dollari miqdoridagi yillik tushum va 95,7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi aktivlar mavjud.
FAW HONGQI, BESTUNE, FAW Trucks kabi brendlarni rivojlantiradi hamda Toyota va Volkswagen kabi global yetakchilar bilan qo‘shma korxonalarga ega. Shuningdek, kompaniya ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik (ITTK) markazlarining keng global tarmog‘iga ega.
BBT Trucks O‘zbekistonda ishonchli va zamonaviy FAW yuk avtomobillarini faxr bilan taqdim etadi hamda mijozlarini sifatli texnika va professional servis xizmati bilan ta’minlaydi.